Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-11-14

Aholiga murojaat!!!

Toshkent shahrida 15–16 noyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Ushbu muhim tadbir doirasida poytaxtimizga xorijiy davlatlar rahbarlari, elchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari  tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan shahar miqyosida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Poytaxt ko‘chalarini, yo‘l bo‘ylarini, mahallalarni va jamoat maskanlarini tartibga keltirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlar! Ushbu yirik xalqaro tadbirni munosib tarzda o'tkazishiga hissa qo'shing: 

▪️chiqindilarni faqat ajratilgan konteynerlarga tashlang;
▪️turar-joy hududlarida ozodalikka e’tibor bering;
▪️jamoat joylarida sanitariya normalariga rioya qiling. 

Toshkent — mamlakat nufuzining timsoli. Uni pokiza, tartibli va mehmondo‘st shahar sifatida namoyon etish o‘z qo‘limizda.