03.12.2025
Chiqindilarni olib ketish xizmatiga to'lov qilishni unutmang!!!
2025-12-03
Toshkent shahar hokimligida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 5-majlisi o‘tkazildi. Unda kengash a’zolari, shahar boshqarmalari va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek tuman hokimlari ishtirok etdi.
Majlis avvalida “Maxsustrans ishlab-chiqarish boshqarmasi” davlat unitar korxonasi boshlig‘i–Nabiyev Kamoliddin Jamolidinovich hisobot berdi. Кorxona tizimida 2025-yil 10 oyida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi korrupsiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha axborot berdi. Tashkilotda barcha maxsus texnikalarga videoregistratorlar o‘rnatilishi boshlanganini, yoqilg‘i quyish jarayonida inson omilidan voz kechilayotganini ta'kidladi. Majlis davomida mavjud muammolar, ularga sabab bo‘layotgan omillar, oldini olish mexanizmlari hamda barcha sohalarda shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

