Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-12-25

Toza va obod Yakkasaroy — fidoyi mehnat mahsuli!

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova tumanda tozalik va obodonchilikni ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan “Yakkasaroy - Maxsustrans” filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida har kuni erta tongdan kechgacha tuman ozodaligi uchun sidqidildan xizmat qilayotgan haydovchilar va yuk ortuvchi xodimlarning mashaqqatli mehnati alohida e’tirof etildi. O‘z vazifasini chinakam mas’uliyat va vijdon bilan ado etayotgan bir guruh xodimlarga tuman hokimligi nomidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu e’tibor va rag‘bat — jamiyatimizda halol mehnatga, oddiy, ammo nihoyatda muhim kasb egalari faoliyatiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasidir.