Bugun Uchtepa tumani "Taqachi" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Chiqindilarni boshqarish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda "Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat unitar korxonasi mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar va amaliy yordamlar ko‘rsatishdi.
