Mirobod tumani "Yangi Qo‘yliq" mahallasida "Maxsustrans – ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi vakillari Q. Ro‘zimov va B. Fayziyev ishtirokida navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Uchrashuv davomida korxona vakillari tomonidan chiqindilarni to‘g‘ri saralash, ularni maxsus ajratilgan joylarga tashlash, shuningdek, to‘lov intizomiga rioya qilish masalalari bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.



