Barcha tuman filiallarida rahbar xodimlar, maxsus texnika haydovchilari va yuk tashuvchilar ishtirokida saf yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Bunday tadbirlar mehnat intizomini mustahkamlash, xodimlarning mas’uliyat darajasini oshirish va ishlab chiqarish jarayonining xavfsiz tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan. Yig‘ilishlar davomida lavozim yo‘riqnomalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Filial rahbarlari xodimlar bilan tushuntirish ishlarini olib borib, ularga ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, texnikaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, xizmat vazifalarini bajarishda xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatadilar. Belgilangan me’yor va qoidalarga rioya qilish baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlar salomatligini saqlash va korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlashning muhim shartidir.
