Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson qadrini ulug'lashga qaratilgan siyosat amalga oshirilib, barcha sohalarda izchil ijobiy natijalar bermoqda. Shu ruhda "Maxsustrans" davlat korxonasi haydovchi va yuk tashuvchilarining Xorazm viloyatiga safari tashkil etildi. Ushbu tashabbus xodimlarning mehnatini e’tirof etish va qo‘llab-quvvatlash, ularning madaniy hordiq chiqarishini tashkil etish, ruhiy yengillikni ta’minlash, shuningdek, jamoaviy ruhni mustahkamlashga qaratilgan.


