Ta’kidlash joizki, yangi tahrirdagi "Chiqindilar to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi:
- chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonunchilikni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish;
- sanitariya-tozalash korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil davom ettirish;
- "O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida amaldagi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini 50 foizga qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish;
- 2025-2026-yillarda respublikaning 6 ta hududida maishiy chiqindilarni yoqish orqali energiya resurslarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
- yiliga 1,8 million tonna hajmda hosil bo‘ladigan plastik chiqindilarni yig‘ishning samarali tizimini joriy etish
- zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali sohani raqamlashtirishni davom ettirish.


