Chiqindilarni belgilanmagan joylarga va tartibsiz ravishda tashlash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlar nazoratni kuchaytirmoqda va qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmoqda.
2025-yil mart oyining o‘tgan davrida:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi 26 ta holatni aniqladi,
- Milliy gvardiya boshqarmasi - 337,
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi - 176 ta;
- Ichki ishlar bosh boshqarmasi - 2099 ta shunday holat.
Poytaxt bo‘yicha aniqlangan jami 2638 ta qoidabuzarlik uchun 1 110 500 000 so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi. Tegishli tashkilotlar bu ishlarni davom ettiradi.
