Тариф: С НДС 8400 сум
image 2024-07-09

Chiqindilarni saralash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 yanvardagi PF-5 sonli Farmoniga asosan 2024 — 2026 yillarda Qattiq maishiy chiqindilarni saralash tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish  belgilangan. 2024 yil 1 iyulga qadar  Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari hamda Toshkent tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni toifalarga ajratgan holda to‘plash rejalashtirilgan. Aholiga quyidagi turdagi maxsus chiqindi paketlari (QR-kod — matrisali shtrix kodli) bepul tarqatilishini nazarda tutuvchi loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. Bunda:

- qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar uchun — shaffof, rangsiz;

- qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar uchun — qora rang;

- oziq-ovqat chiqindilari uchun — jigarrang.