Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-02-05

O‘zbekistonning ekologik barqarorligi: chiqindilarni qayta ishlash

Mamlakatimizda har yili 14 million tonna chiqindining atigi 4 - 5 foizi qayta ishlanadi.  Atmosfera va tuproqqa axlat poligonlarida hosil bo‘ladigan 7 million tonnadan ortiq issiqxona gazlari hamda 43 ming tonna zaharli filtrlanmalar tushadi.

Respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston hozirda quyidagi qadamlarni qo‘ymoqda: 

  • Chiqindilarni boshqarish agentligini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
  • Mamlakatdagi 80 dan ortiq korxonada chiqindilarni kamaytirish uskunalari o‘rnatildi.
  • Aholi uchun chiqindilarni alohida-alohida yig‘ish orqali daromad topish imkoniyati ishlab chiqilmoqda.
  • Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha 8 ta yangi zavod qurilishi rejalashtirilgan.