Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-03-07

Norasmiy xabarga - Rasmiy munosabat!!!

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda “Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.Shuni ma'lum qilamizki, ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz!  Bugungi kunda Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar odatdagidek davom etmoqda. Agar xizmatlar yuzasidan savollaringiz yoki fikringiz bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilgan holda uni bildirishingiz mumkin:   
☎️  71- 247-02-11 
☎️  71- 247-79-21

Shu bilan birga @maxsustrans_support Telegram guruhi orqali ham dispetcherlar siz bilan doimo aloqada.  Shuningdek, sizdan tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, fakt-chekingdan foydalanishni so'raymiz. Buning uchun ishonchli va rasmiy axborot manbalari yetarli.