Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-03-20

Ekologik loyihalarga o'z hissangizni qo'shing

Hech e’tibor berganmisiz, nega oddiy batareykalarga tushirilgan chiqindi qutisi suratining ustidan taqiq belgisi qo‘yilgan? Bu belgi ishlatilgan batareykalarni chiqindi qutilariga tashlash qat’iyan taqiqlanganini bildiradi. Bu kichik quvvat manbalari, o‘z hajmiga qaramay, inson salomatligi va tabiatga katta zarar yetkazadi. Chiqindiga tashlangan batareykaning tashqi qatlami turli ta’sirlar (issiqlik, eroziya) natijasida erib, kadmiy, simob, nikel, rux, qalay va magniy kabi zaharli moddalarni atrof-muhitga chiqaradi. Bitta batareyka 20 kvadrat metr yer, 400 litr suv, ikkita daraxt va bitta tipratikanni zaharlashga yetarli zarar yetkazadi. Havoga va suvga o‘tadigan zaharli moddalar esa o‘pka saratoni, hazm tizimi kasalliklari va suyak xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Batareykalar umumiy chiqindining atigi 0,25 foizini tashkil etsa-da, ulardan keladigan ekologik zarar 50 foizga teng. Chiqindiga tashlangan batareykaning tashqi qatlami issiqlik natijasida erib, kadmiy, simob, nikel, rux kabi zaharli moddalarni atrof-muhitga chiqaradi. Ushbu metallar ekotizimga, inson salomatligiga va tabiiy resurslarga katta zarar yetkazadi. Ekofaol Feruzbek Sayfullayev batareykalar.uz loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyihadan maqsad ishlatib bo‘lingan batareykalarni to‘plash,  O‘zbekistonning barcha hududlarida imkon qadar ularni to‘plashga mo‘ljalangan urnalarni o‘rnatish va quvvat manbalarini yig’ib olib ularning qayta ishlashni nazorat qilishdan iborat.

 Agar Siz ham tabiatni zararli toksinlardan asrashga o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, yaroqsiz batareyka, akkumulyatorlarni yig'ing va www.batareykalar.uz rasmiy sayti yoki instagram.com/feruzbek_sayfullayev profili orqali topshiring.