Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-05-14

Endi chiqindi uchun to‘lovni kechiktirib bo‘lmaydi

Bir narsani tan olib aytish kerakki, shu paytgacha chiqindi uchun to‘lovlar 6 oy yoki 1 yilda bir marotaba to‘lanar edi. Bu namunali kommunal to‘lovchilarning ko‘rsatkichi. O‘z vaqtida to‘lamaydiganlar esa 2-3 yillab chiqindiga pul to‘lamagan. Sababi oddiy: xizmat ko‘rsatishni individual to‘xtatishning imkoni yo‘q edi. Endi bunga chek qo‘yildi. Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga oid qonun bilan chiqindi qarzdorligi 5 kun ichida bartaraf etilmasa, elektr energiyasi uchun to‘lovlar qabul qilinmaydi. Bu esa fuqarolarning elektr energiyasiz qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday tajriba dunyoning rivojlangan davlatlarida ham bor. Aslida ma’lum bir chora ko‘rilishini kutmaslik kerak. 
O‘zimizda to‘lov intizomini shakllantirsak, hech qanday muammo bo'lmaydi.