13.06.2025
Bugun chiqindi uchun qarzdorlikni tekshirdingizmi???Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘magida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, professional boshqaruv tashkiloti yoki tegishli hududda yashovchilarning bevosita murojaati bo‘yicha chiqindilarni to‘plash shoxobchalarini joylashtirish joylarini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladilar. Yopiq turdagi chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishilgan namunaviy yoki individual loyiha (eskiz) asosida amalga oshiriladi. Chiqindi to‘plash shoxobchasining hududi o‘tish yo‘liga tutash bo‘lishi, lekin maxsus avtotransport vositasining kirishiga xalaqit bermasligi lozim. Alohida joylashgan maydonchada (o‘tish yo‘lidan uzoqda) maxsus avtotransport vositasining konteynerlarni bo‘shatish uchun qulay kirish imkoniyati va burilish maydonchasi (12 m x 12 m) ko‘zda tutiladi. Chiqindi to‘plash shoxobchalarini joylashtirish (imkon darajasida) binolar fasadining ko‘cha tomonidagi transport va piyoda tranzit kommunikatsiyasining ko‘rinish zonasi tashqarisiga loyihalashtiriladi. Chiqindi to‘plash shoxobchasining maydoni va unda joylashtiriladigan konteynerlar soni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi. Chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlaridan turar joy xonalarining derazalari va kirish yo‘llarigacha bo‘lgan masofa qat’iy ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi. Chiqindi to‘plash shoxobchalari obodonlashgan kirish yo‘li, tungi tashqi yoritqichlari, salqin ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiyaga oqim tizimi, shuningdek, yomg‘ir suvlarini oqizish kanalizatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
12.06.2025
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК