Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-05-26

Chiqindilar muammosi: tarix takrorlanmoqda...

Miloddan avvalgi 500-yillarda Afina shahrida ko‘chalarga chiqindi tashlashni taqiqlovchi birinchi rasmiy farmon e’lon qilingan edi. Afsuski, bu qoidalar tezda unutilib, odamlar 14-asrgacha chiqindilarni ochiqcha tarzda – hatto derazadan uloqtirishni odat qilgan edi.

Oradan asrlar o‘tib, sanoat davri boshlandi — minglab odamlar ish izlab shaharlarga oqib keldi. Shaharlar kengaydi, ammo ular bilan birga chiqindilar ham ortdi hamda chiqindi inqirozi boshlandi. Natijada shahar ko'chalariga to'lgan chiqindilar chidab bo'lmas  yoqimsiz hidlar tarqatib,  kalamush va zararkuranda hasharotlar sonining ko'payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo'ldi.  
O‘sha vaqtdan boshlab hokimiyat chiqindilarni to‘plash va yo‘q qilish masalasini qat’iy nazorat ostiga oldi, qonuniy javobgarlik joriy etildi.

Bugun-chi?
Ba'zida Toshkent ko‘chalaridagi holatga qarab, o‘z-o‘zimizga shunday fikr uyg'onadi: “Biz yana o‘rta asrlarga qaytmoqdamizmi?” 

Chunki chiqindiga bo‘lgan madaniyat, mas’uliyat va ong darajasi sezilarli darajada pasayib bormoqda.
Agar biz shu yo‘ldan davom etsak, albatta, yana kasalliklar va zararkurandalar qurshovida qolish kabi muammolarga duch kelamiz.

Bu faqat mutasaddilar emas, har bir fuqaroning ham masuliyatidir. 

Chiqindilar bilan kurashish — shunchaki tozalash emas, balki madaniyatimizni, salomatligimizni va kelajagimizni asrashdir.

Unutmang: tozalik — bu jamiyatning yuzidir.