Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-08-01

2025 yil 1 avgustdan boshlab chiqindi to'lovlaridan qarzi bor iste'molchilar elektr energiyasi uchun to'lovlarni amalga oshira olmaydilar.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 7-martdagi 1044-sonli Qonuniga asosan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlov intizomini kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda.

Unga koʻra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatiladi.

So‘ngra chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqami orqali “SMS” xabarnoma yuboriladi. Abonentlarga ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 (besh) kun qarzdorlikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha muddat beriladi. Mavjud qarzdorlik ushbu muddat ichida to‘lanishi lozim! 

Aks holda, abonentlar tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa: ularda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi. Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.

Maʼlumot o‘rnida, ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 1-avgustidan boshlab qo‘llaniladi.

Shu o‘rinda, sanitar tozalash korxonalari chiqindi to‘lovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun javobgar hisoblanadi! Agar abonentlarga sanitar tozalash xizmati o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilmasa ko'rsatilmagan kunlardagi xizmatlar uchun to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinadi.