Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-09-22

Oziq-ovqat chiqindilari isrofini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda

"Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 2026–2030-yillar "Dolzarb oziq-ovqat xavfsizligi davri" deb e'lon qilindi va "Oqilona iste'mol" ya'ni "Save Food" dasturi ijroga qaratildi.  

Bunda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar belgilangan tartibda o‘tkazilishi qat'iy nazoratga olinadi. Qolaversa, isrofgarchilikning oldini olish, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish kerakligi targ‘ib qilinadi. Oziq-ovqat chiqindilarining qayta ishlash korxonalariga topshirilishi ta'minlanadi.