31.10.2025
Maishiy chiqindilar xizmati uchun tariflarni belgilash tartibi
2025-10-27
Toshkentda "Tozalik va ozodalik oyligi" va "Toza poytaxt" loyihalari doirasidagi ishlar davom etmoqda
Jarayonga 900 ga yaqin maxsus texnika va qariyb 8 ming ishchi, shuningdek, 260 nafar nazoratchi, 160 nafar FVV xodimi hamda 100 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi jalb qilingan. Toshkentdagi 585 ta mahallada 660 gektardan ortiq maydon tozalanib, 3,5 ming tonnaga yaqin maishiy va qattiq chiqindilar olib chiqildi. 2 500 ta ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar chiqindilardan butunlay tozalandi. 89 ta uchastkada 10,7 km uzunlikdagi kanallar tozalanib, ulardan 484 tonna maishiy chiqindi chiqarib tashlandi.
Poytaxtimizning har bir tumanida kuzgi hazonrezgilik mavsumi davomida chiqindilarni o‘z vaqtida to‘plash va olib chiqib ketish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus shtab faoliyat boshladi. Shtabning asosiy vazifasi — shaharda qulay, ozoda va sog‘lom muhitni ta’minlashdir. Shtab tarkibiga:
• Toshkent shahar hokimligi,
• Bosh prokuratura,
• Ekologiya vazirligi,
• Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
• Ichki ishlar vazirligi,
• Milliy gvardiya
va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari jalb etilgan. Shaharning tozaligi va sanitariya xavfsizligini ta’minlash ishlari rejali ravishda davom ettirilmoqda.
31.10.2025
Rasmiy munosabat
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

