Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-10-31

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilarni olib ketish xizmati narxi oshgani haqidagi turli norasmiy xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida shuni ma’lum qilamizki, Toshkent shahar hokimining 2024-yil 4-yanvardagi qaroriga asosan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish uchun majburiy to‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun bir kishi hisobiga
7 500 so‘m etib belgilangan. 2024-yil 1-apreldan boshlab esa qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 12 foiz miqdorda hisoblangani sababli mazkur to‘lov 8 400 so‘mni tashkil etadi. 

Shu o‘rinda “Maxsustrans Ishlab chiqarish boshqarmasi" Davlat korxonasi barcha fuqarolarga murojaat qilib, har qanday yangilik yoki o‘zgarishlarga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali olishni, asossiz va tekshirilmagan xabarlarga ishonib, ularni tarqatmaslikni so‘rab qoladi.