25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-11-07
Maʼlumki, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan atrof-muhit muhofazasi, xususan chiqindilarni iqtisodiyotning muhim bo‘lagiga aylantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda sohani samarali boshqarish va poligonlarni qisqartirish, aholi roziligiga erishishga doir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya manbai olishga asoslangan zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori hamda Xitoy Xalq Respublikasining “China Everbright International” LLC yetakchi ekologik kompaniyasi rahbari o‘rtasida chiqindilarni yetkazib berish bitimlari imzolangan edi.
Unda chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi Farg‘ona viloyatida bosqichma-bosqich tadbiq etilishi nazarda tutilgan. Mazkur loyiha Xitoy Xalq Respublikasining “China Everbright International” LLC yirik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bu borada, qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-martdagi PQ-117-son qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etish nazarda tutilgan.
Mazkur zavod Farg‘ona tumanidagi Oqbilol qishlog‘i yaqinida joylashgan 8 gektar hududda chiqindi yoqish zavodiga tamal toshi qo‘yilib, qurilish jarayonlariga start berildi.
Ochilish marosimida tashabbuskor investorlar, viloyat hokimi, Ekologiya va Chiqindilarni boshqarish boshqarmalari, sektorlar mas'ullari, mahalla va sanitar tozalash korxonalari, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Farg‘ona viloyatida “China Everbright International” LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 141,5 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan. Kuniga 1,5 ming tonna yoki yiliga 547 ming tonnagacha chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 227,5 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha 150–200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir. Investor tomonidan 2025–2027 yillarda loyihaning ishga tushirilishi taʼminlanadi.
Elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq loyiha kompaniya ishlab chiqargan elektr energiyasini 30 yil davomida “O‘zenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi.
Ma'lumot uchun: reja oltita viloyatda — Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqandda chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish majmualarini qurishni nazarda tutadi. Korxonalar loyihalari 2024-yil oktyabr oyida davlat rahbariga taqdim etilgan.
Joriy yil iyul oyida bir vaqtning o‘zida ikkita chiqindi yoqish zavodining qurilishi boshlangandi. Loyihalardan biri Andijonda ““China International Camce” bilan hamkorlikda, ikkinchisi esa Samarqandda “Shanghai SUS Environment” ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Bu tashabbuslar “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga mos kelib, O‘zbekistonning ekologik barqarorligini ta’minlashga, hamda kelajak avlod uchun toza va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

