Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-11-25

“Tozalik va ozodalik” oyligi

“Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida poytaxt va hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
 Mazkur tashabbus doirasida, poytaxtning sanitar tozaligiga bevosita mas'ul tashkilotlardan biri — “Maxsustrans” DUK tomonidan 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha bo‘lgan muddatda poytaxtning ko‘plab hududlari tozalanib, shahar sanitar holati sezilarli darajada yaxshilandi. 
Shu jumladan, 

▪️Aholi yashash hududlaridan jami - 70 626 tonna qattiq maishiy chiqindi olib chiqildi.
▪️Korxona va tashkilotlardan - 23 543 tonna chiqindi olib ketildi.
▪️Obodonlashtirish jarayonlariga 12 ta tuman filialidan jami - 10 222 ta maxsus texnika jalb etildi.
▪️Tozalash va tashish ishlarida - 25 758 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi.

Shuningdek 24 soatlik ish rejimi tashkil etilganligi sababli, o'tgan bir oy  davomida 15 000 tonnaga yaqin chiqindilar kechki tungi smenadagi 1550 ta mahsus texnika yordamida yordamida olib ketildi. 

Oylik doirasida Prokuratura, IIB, Milliy gvardiya va Ekologik davlat nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida jami 448 ming huquqbuzarlik holati aniqlanib, tegishli tartibda chora ko‘rildi.