25.11.2025
Qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida loyiha amalga oshiriladi
2025-11-25
Toshkent shahar hokimi bilan UK Export Finance (UKEF)ning yirik korporativ mijozlar va xalqaro yo‘nalish bo‘yicha direktori Edvard Prins o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida loyiha shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Hujjat xalqaro standartlarga muvofiq loyihalash, moliyalashtirish va qurilish chiqindilari bilan ishlash sohasida infratuzilma qurishni o‘z ichiga olgan to‘liq jarayonni qamrab oladi.
Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda Britaniya tajribasini jalb etish masalasini ko‘rib chiqmoqda:
• qurilish chiqindilarini saralash liniyalarini barpo etish va modernizatsiya qilish;
• qurilish materiallarini qayta ishlash darajasini yuksaltirish;
• inert fraksiyalarni qayta foydalanish texnologiyalarini joriy etish;
• chiqindixonalarda ko‘mish hajmini kamaytirish;
• aylanma iqtisodiyot mantiqida "chiqindisiz" tamoyillarini rivojlantirish.
Amalga oshirilayotgan loyiha Toshkentda zamonaviy, ekologik xavfsiz va investitsion jozibador qurilish chiqindilarini boshqarish tizimini shakllantirishga qaratilgan. Bu tizim xalqaro talablar va barqaror rivojlanishning ilg‘or amaliyotlariga mos kelishi ko‘zda tutilgan.
25.11.2025
“Tozalik va ozodalik” oyligi
25.11.2025
Biz korrupsiyaga qarshimiz!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

