12.12.2025
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildiBugun boshqarma majlislar zalida abonentlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda xizmat sifati, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda abonentlarga taalluqli to‘lov tartibidagi yangi o‘zgarishlar, xususan chiqindi to‘lovlarining elektr energiyasi bilan integratsiya qilinishi haqida mas’ullarga batafsil tushuntirish berildi. Ushbu yangilik aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirishi qayd etildi.
Shuningdek, mavjud qarzdorliklarni qisqa muddatda barataraf etish, tushuntirish ishlarini kuchaytirish va abonentlar bilan bevosita muloqotni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda profilaktik choralarni izchil amalga oshirish bo‘yicha tuman filiallarining mas’ul xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

