Skip to content

“MAXSUSTRANS” DUK

Instagram Telegram Youtube Facebook
Размер шрифта:
Цветовая схема:
Изображения:
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
Ko‘zi ojizlar uchun versiya
ГУП "МАХСУСТРАНС"
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
  • Xizmatlar
  • Korxona haqida
    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Qamrab olingan mahallalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligonlar haqida
    • Texnika
  • Matbuot
    • Yangiliklar
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar
  • Hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
    • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
    • Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 06.02.2019 yildagi 95-son Qarori
    • Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2018 yildagi 787-son
  • Loyihalar
    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
  • Aloqa
Tarif QQS bilan 8,400 so'm

Toza shahar —
bizning vazifamiz!

Shaxsiy kabinet
Shaxsiy hisob raqamingizni biling.
O‘tish
Interaktiv xarita
Texnikalarni real vaqt rejimida kuzatib boring.
O‘tish
Eco Hisoblagich
Qayta ishlash orqali qancha resurslarni tejayotganingizni bilib oling.
O‘tish

Chiqindilarni saralash bo‘yicha qo‘llanma

Chiqindi turini tanlang va uni qaysi konteynerga tashlash kerakligini bilib oling.

Plastik

Qog‘oz

Shisha

Organik chiqindilar

Metall

So‘nggi yangiliklar

16/09/2026

Senat ishchi guruhi "Maxsustrans-ICHB" DUK faoliyatini o‘rgandi

Bugun Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A.To‘ychiyev boshchiligidagi ishchi guruh "Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat unitar korxonasi faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida boshqarma bosh inspektori I.Sagdullayev ishtirokida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketishni tashkil etish, korxonaning mavjud infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi holati, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan sanitariya-tozalash xizmatlari sifati yuzasidan fikr almashildi. Xususan, ishchi guruh vakillari Yakkasaroy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi hamda Sergeli tumanidagi №18 chiqindi maydonchasining joriy holati bilan tanishdi.

Obyektlarga tashrif doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqish, sanitariya va ekologiya talablariga rioya qilish, uskunalar va konteynerlarning texnik holati, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi masalalari ko‘rib chiqildi. Korxonaning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ixtisoslashtirilgan texnika va konteynerlar parkini bosqichma-bosqich yangilash, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, nazorat va hisobga olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish zarurligi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, muhokama davomida maishiy chiqindilarni olib chiqish tizimining iqtisodiy barqarorligi masalalari ko‘rib chiqildi. Xizmatlarning haqiqiy tannarxini, yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar, mehnatga haq to‘lash, texnik xizmat ko‘rsatish va ixtisoslashtirilgan texnikadan foydalanish xarajatlarini, shuningdek, asosiy ishlab chiqarish resurslari narxlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda amaldagi tariflarni takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tomonlar tizimdagi mavjud muammoli masalalar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sanitariya-tozalash xizmatlari sifatini oshirish va sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tegishli takliflarni tayyorlash va Oliy Majlis Senatiga kiritishga kelishib olindi.

14/09/2026

Diqqat e’lon

Fuqarolarni sayyor qabul qilish jadvaliga muvofiq, "Maxsustrans" DUK rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Tadbir aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga qaratilgan.

O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15-sentyabr

Vaqt: soat 16:00 dan 17:00 gacha

O‘tkazish joyi: Sergeli tumani, "Ezgulik" MFY binosi.

Aholini sayyor qabulda ishtirok etishga va o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilishga taklif etamiz. "MU Maxsustrans" DUK fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

11/09/2026

Fuqaroning murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

Fuqarolarning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish va yuzaga kelayotgan masalalarni bevosita joyning o‘zida o‘rganish maqsadida mas’ul xodimlar tomonidan Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroning maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidan qarzdorligi yuzasidan takroriy murojaati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan mavjud qarzdorlik bilan bog‘liq ma’lumotlar tekshirildi va fuqaroga ushbu masala yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Mas’ul xodimlar tomonidan qarzdorlikni shakllantirish tartibi batafsil tushuntirilib, mavjud ma’lumotlarga muvofiq ma’lumotlar taqdim etildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro zarur tushuntirishlarni olganini va ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha savol va e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qildi. Tashrif natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Bu boradagi ishlar doimiy ravishda davom ettirilmoqda.

11/09/2026

O‘zbekistonda chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish jadallashmoqda

O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlashni kengaytirish va maishiy chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sohani yanada rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash samaradorligini oshirish va zamonaviy ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan investitsiya loyihalari taqdimot qilindi. 2026-2027-yillarda Xitoy kompaniyalari bilan 6 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning umumiy qiymati 933 mln dollarni tashkil etadi. Korxonalar Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida quriladi.

Korxonalar to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 3,6 million tonnaga yaqin maishiy chiqindilarni qayta ishlash va 1,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy qiymati 625 million dollarlik yana 5 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular yiliga 1,9 million tonnagacha chiqindini qayta ishlash va qariyb 635 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi 500 ta yangi ish o‘rni yaratish, 158 million kub metrgacha tabiiy gazni tejash va issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga taxminan 316 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

Shunday qilib, chiqindilardan energetik foydalanish sohasida jami 11 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ularning joriy etilishi chiqindilarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizimni shakllantirish, qayta ishlashni kengaytirish va resurslardan oqilona foydalanishda muhim qadam bo‘ladi. Mahalliylashtirish darajasini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. "Green University," Samarqand davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda soha uchun 1000 nafar mutaxassisdan iborat kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

Loyihalarni ko‘rib chiqish yakunida Prezidentimiz ularni amalga oshirishni jadallashtirish, chiqindilarni qayta ishlashni yanada rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Ushbu tashabbuslarning amalga oshirilishi ekologik xavfsizlikni oshirish, ko‘mishga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini kamaytirish, shuningdek, mamlakatda "yashil" energetikani rivojlantirishga xizmat qiladi.

09/09/2026

MUTOLAA MADANIYATI - MA’NAVIY YUKSALISH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, aholining adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholining kitob o‘qishga qiziqishini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-9-sonli qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlarida "Kitob o‘qish soati"ni joriy etish ko‘zda tutilgan. №

Belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, shuningdek, xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va barqaror mustaqil ta’lim madaniyatini shakllantirish maqsadida "Maxsustrans" DUKda maxsus kitob burchagi tashkil etildi.Xodimlarda muntazam mutolaa qilish odatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, korxona xodimlari o‘rtasida ishdan tashqari vaqtlarda kitob o‘qish an’anasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, bu esa nafaqat bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, balki dunyoqarashni kengaytirish, bilim darajasini oshirish va tahliliy fikrlashni rivojlantirish imkonini beradi. Mutolaa madaniyati insonning ma’naviy va intellektual rivojlanishining muhim tarkibiy qismidir. Kitob dunyoqarashni kengaytirish, ichki dunyoni boyitish, yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.

02/09/2026

Bayram va dam olish kunlarida "Maxsustrans" jamoasi o‘z faoliyatini davom ettirdi.

Bizda uzluksiz ish jarayoni mavjud. Chunki shahar tozaligi chiqindilarning joylarda to‘planib qolmasligi bilan bevosita bog‘liq.
Ish jarayonida:
➖29.08.2026 - 3360.6 tonna
➖30.08.2026 - 2425.9 tonna
➖31.08.2026 - 3174.9 tonna
➖1.09.2026 - 2898,5 tonna maishiy chiqindilar yig‘ib olindi.

31/08/2026

Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!

Mustaqillik — g‘ururimiz, kuch-qudratimiz va kelajagimiz! "Maxsustrans" DUK jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Poytaxtimiz yanada toza, ko‘rkam va obod bo‘lsin, Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi birgalikdagi mehnatimiz esa yangi-yangi xayrli natijalar bersin! Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik, har bir xonadonda farovonlik va to‘kin-sochinlik hukm sursin, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlar yangi yutuq va zafarlar olib kelsin!

30/08/2026

Har bir toza hudud ortida fidoyi insonlar mehnati turibdi!

Bugun Yunusobod tumanidagi chiqindi to‘plash maydonchalarida faoliyat yuritayotgan operatorlarga tashakkurnomalar topshirildi. Taqdirlash marosimida xodimlarga kundalik mehnati, mas’uliyati hamda biriktirilgan hududlarda tozalik va tartibni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi. Tadbir iliq va bayramona ruhda o‘tdi, xodimlarga yaxshi kayfiyat va mashaqqatli, ammo muhim mehnati uchun minnatdorchilik so‘zlari ulashildi.

28/08/2026

Halol mehnat uchun — munosib e’tirof

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qator sanitariya tozalash va obodonlashtirish tizimi xodimlari "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 35 yil" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot xodimlarning ko‘p yillik halol mehnati, kasbiy mahorati, yuksak mas’uliyati hamda poytaxtning sanitariya farovonligi va tozaligini ta’minlashga qo‘shgan salmoqli hissasining e’tirofidir. Mukofotlanganlar orasida korxonaning turli tarkibiy bo‘linmalari vakillari ham bor:

  • "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish" filiali - 3 ta haydovchi;
  • "Chilonzor-Maxsustrans" avtotransport filiali - 2 ta haydovchi;
  • "Mirzo Ulug‘bek-Maxsustrans" avtotransport filiali - 1 ta haydovchi va 1 ta yuk tashuvchi;
  • "Yakkasaroy-Maxsustrans" filiali - 1 ta haydovchi va 1 ta yuk tashuvchi;
  • "Yangihayot-Maxsustrans" filiali - 1 ta haydovchi;
  • "Maxsus ta’mir xizmati" ta’mirlash xizmati — 4 ta chilangar-ta’mirlovchi.

Ularning kundalik mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi poytaxtimizning ozodaligi, sanitariya tartibi va obodonchiligiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Korxona rahbariyati va jamoasi barcha mukofotlanganlarni ushbu yuksak va sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etadi! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar va kelgusi mehnat faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz. Halol mehnatingiz bundan buyon ham poytaxtimiz rivoji va ravnaqiga xizmat qilsin!

28/08/2026

Tuman filiallari rahbarlarining mehnati yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Poytaxt hududlarining ozodaligi va sanitariya holatini ta’minlashda tuman filiallari rahbarlari muhim rol o‘ynaydi, ular har kuni xizmatlar faoliyatini nazorat qiladi va 24/7 rejimida uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish, hududlarning sanitariya holatini nazorat qilish, maxsus texnikalar ishini samarali tashkil etish yuksak mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.

Ularning mehnati va shahar ozodaligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida tuman filiallari rahbarlariga esdalik ko‘krak nishonlari topshirildi. Rahbarlarimizni munosib mukofot bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Faktlar va raqamlar

1 020 000
Tonna
Oylik olib chiqilgan maishiy qattiq chiqindilar
12
Tumanlar
Xizmat ko‘rsatiladigan hududlar (Toshkent shahri)
250
Dona
Zamonaviy avtoparkning ixtisoslashtirilgan texnikasi
20
Yil
Tajriba

Hamkorlarimiz

Asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari

2019 yil

1 200 000

Chiqindi tonnalari

2020 yil

75 000

Konteynerlar

2021 yil

850 000

Hududlarni tozalash

2022 yil

300

Maxsus texnika birliklari

Virtual qabulxona






    Korxona haqida

    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligon haqida
    • Texnika

    Matbuot

    • Yangiliklar
    • Фотогаларея
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar

    Loyihalar

    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari

    Полезные ссылки

    • My gov
    • LEX UX
    • Sanitation
    • President Uz

    Ochiq ma'lumotlar

    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    Aloqa
    • Диспетчер (24/7): +998 (71) 247-02-11
      Абонентский: +998 (71) 247-25-99

    • Manzil
      Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Bekobod sanoat zonasi
    • Email
      maxsustrans@inbox.ru
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    Dushanba – Juma, 09:00–18:00
    Shaxsiy kabinet
    © 2026 DUK “Maxsustrans”. Barcha huquqlar himoyalangan.
    Sayt materiallaridan foydalanilganda manbaga havola qilish majburiy.
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    • Xizmatlar
    • Korxona haqida
      • Biz haqimizda
      • Faoliyatning huquqiy asoslari
      • Tuzilma
      • Rahbariyat
      • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
      • Qamrab olingan mahallalar
      • Bo‘sh ish o‘rinlari
      • Qabul kunlari
      • Kasaba uyushmasi
      • Poligonlar haqida
      • Texnika
    • Matbuot
      • Yangiliklar
      • Fotogalereya
      • Videogalereya
      • Savollar va javoblar
    • Hujjatlar
      • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
      • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
      • Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 06.02.2019 yildagi 95-son Qarori
      • Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.10.2018 yildagi 787-son
    • Loyihalar
      • Auditorlik hisobotlari
      • Loyiha hujjatlari
      • Loyiha xaridlari
      • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
      • АБР Loyiha
      • Doimiy hisobotlar
      • Tender savdolari
    • Ochiq ma'lumotlar
      • Ish rejasi
      • Shartnoma
      • Xizmat avtomobillari
      • Tender komissiyasi tarkibi
      • Xizmat safarlari ro‘yxati
      • Murojaatlar tahlili
      • Sayyor qabullar
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
    • Aloqa
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    Ko‘zi ojizlar uchun versiya
    Tarif QQS bilan 8,400 so'm