Skip to content

“MAXSUSTRANS” DUK

Instagram Telegram Youtube Facebook
Размер шрифта:
Цветовая схема:
Изображения:
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
Ko‘zi ojizlar uchun versiya
ГУП "МАХСУСТРАНС"
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
  • Xizmatlar
  • Korxona haqida
    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Qamrab olingan mahallalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligonlar haqida
    • Texnika
  • Matbuot
    • Yangiliklar
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar
  • Hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
    • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
    • Об утверждении нормативно-правовых актов в сфере обращения с отходами
    • О повышении эффективности работ в сфере обращения с бытовыми отходами
  • Loyihalar
    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
  • Aloqa
Tarif QQS bilan 8,400 so'm

Toza shahar —
bizning vazifamiz!

Shaxsiy kabinet
Shaxsiy hisob raqamingizni biling.
O‘tish
Interaktiv xarita
Texnikalarni real vaqt rejimida kuzatib boring.
O‘tish
Eco Hisoblagich
Qayta ishlash orqali qancha resurslarni tejayotganingizni bilib oling.
O‘tish

Chiqindilarni saralash bo‘yicha qo‘llanma

Chiqindi turini tanlang va uni qaysi konteynerga tashlash kerakligini bilib oling.

Plastik

Qog‘oz

Shisha

Organik chiqindilar

Metall

So‘nggi yangiliklar

12/07/2026

Rasmiy munosabat

"Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" Davlat korxonasi 11 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildiradi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan qattiq maishiy chiqindilar poligonida issiq havo tufayli o'z-o'zidan yong'in sodir bo'ldi. Tegishli ixtisoslashgan xizmatlar zudlik bilan ishga tushirildi va yong'in to'liq o'chirildi. Hozirda hodisa joyida ochiq olov yo'q va vaziyat to'liq nazorat ostida. Hozirda poligonda ta'mirlash ishlari, chiqindilarni tuproq bilan qoplash va tutun chiqindilarining oldini olish choralari olib borilmoqda. Jamoat xavfsizligiga hech qanday tahdid yo'q. Fuqarolarni tasdiqlanmagan ma'lumotlarga e'tibor bermaslikka va rasmiy manbalar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga tayanishga chaqiramiz.

10/07/2026

Oxirgi 3 oy davomida respublikada chiqindi tashlash bilan bog‘liq 1,5 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

Chiqindilarni boshqarish agentligi qoshidagi Kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan respublika bo‘ylab 2026-yilning 2-choragi (aprel, may va iyun oylari) davomida jami 1548 ta chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq qoidabuzarlik holati aniqlandi. Ularning 354 tasi transport vositalari, 1194 tasi fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jarimaga tortilganlar ulushi 16,9 foizni tashkil etmoqda. Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan jarimalarning umumiy summasi 123 mln 394 ming so‘mga yetdi.

Ma’lumot uchun: respublikaning deyarli barcha hududlarida jami 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.

09/07/2026

Kiberxavfsizlik - har birimizning mas’uliyatimiz!

Bugun "Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" oyligi doirasida kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan axborot-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining rekrutment bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Umidjon Hamdamov hamda Uchtepa tumani IIB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimi Sherzod Bekmetov ishtirok etdi.Uchrashuv davomida mutaxassislar zamonaviy kibertahdidlar, internet firibgarligining eng keng tarqalgan turlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli xizmatlardan xavfsiz foydalanish, shuningdek, onlayn to‘lovlarni amalga oshirish va elektron resurslar bilan ishlashda ehtiyotkorlik choralari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish va Internet tarmog‘idagi shubhali harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatda kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan maxsus axborot risolalari va eslatmalar tarqatildi. Tadbir yakunida mutaxassislar xodimlarning savollariga batafsil javob berishdi, kiberjinoyatlarga oid real misollarni keltirishdi va kiberxavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bugungi kunda fuqarolar, tashkilotlar va davlat axborot resurslarini himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Bunday uchrashuvlar raqamli muhitda xavfsiz xulq-atvor madaniyatini mustahkamlashga va jamiyatning kibertahdidlardan himoyalanish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

06/07/2026

Qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlash holati bo‘yicha chora ko‘rildi

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Shayxontohur tumani, Qoratosh MFY, Qoratosh ko‘chasi 8-uy oldida Boshqaruv servis kompaniyasi ishchisi tomonidan qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima belgilanib ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

02/07/2026

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida zamonaviy kuzatuv tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda

Toshkent shahrida sanitariya holatini doimiy nazorat qilish maqsadida bugungi kunga qadar poytaxtdagi 520 ta chiqindi yig‘ish maydonchasida kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘rnatilgan kameralar boshqarma huzuridagi Situatsion markazga ulangan bo‘lib, maydonchalardagi holat 24/7 real vaqt rejimida kuzatib boriladi.

Mazkur tizim orqali chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, maydonchalarning sanitariya holatini nazorat qilish, noqonuniy chiqindi tashlash holatlarining oldini olish hamda yuzaga keladigan muammolarga tezkor munosabat bildirish imkoniyati yaratilmoqda. Kelgusida videokuzatuv tizimini Toshkent shahridagi boshqa chiqindi yig‘ish maydonchalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa chiqindilarni boshqarish jarayonining shaffofligini oshirish, shahar ozodaligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

01/07/2026

Xitoyning Wangneng Urban Environment kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahrining chiqindilarni boshqarish tizimi bilan tanishdi

Bugun Xitoyning Wangneng Urban Environment kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahrining qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari "Maxsustrans" DKning Mirobod filialiga tashrif buyurib, maishiy chiqindilarni yig‘ishni tashkil etish, maxsus texnikalarning ishlashi, chiqindilarni olib chiqish jarayonlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya Yunusobod chiqindilarni qayta yuklash stansiyasida bo‘lib, chiqindilarni yig‘ish va tashishdan tortib, qayta yuklash va keyinchalik poligonga yetkazib berishgacha bo‘lgan butun logistika zanjiri bilan batafsil tanishdi. Mutaxassislar tomonidan qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, chiqindilarni tashish jarayonlarini optimallashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Tashrif davomida tomonlar chiqindilarni boshqarish sohasida tajriba almashdilar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

29/06/2026

Ogohlantiruvchi bannerlar biriktirildi

Olmazor tumani ekoinspektori Chig‘atoy Darvoza va Zarxal mahallalari hududidagi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashning oldini olish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan nuqtalar yonida ogohlantiruvchi bannerlarni joylashtirdi.

Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Chiqindi tashlamoqchi bo‘lgan fuqarolar ogohlantirilib, ularga amaldagi ekologik talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Hududda to‘planib qolgan chiqindilar mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilib, hududning sanitariya holati yaxshilandi.

24/06/2026

Kimyoviy moddalar va chiqindilarni xavfsiz boshqarish bo‘yicha yangi loyiha tasdiqlandi

O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, kimyoviy moddalar va chiqindilarni barqaror boshqarish tizimini rivojlantirish izchil davom etmoqda. Global ekologik jamg‘armaning (GEF) Samarqandda bo‘lib o‘tgan VIII Assambleyasi yakunlari bo‘yicha "O‘zbekistonda kimyoviy moddalar va chiqindilarni ekologik xavfsiz boshqarish orqali Stokgolm konvensiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash" yangi loyihasi ma’qullandi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda GEFning moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. Tashabbusning umumiy byudjeti 4,95 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, kimyoviy moddalar va chiqindilarni ekologik xavfsiz boshqarish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar to‘g‘risidagi Stokgolm konvensiyasi doirasidagi majburiyatlarini bajarishga qaratilgan. Bugungi kunda xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilar bilan ishlash masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Mintaqaning ko‘plab mamlakatlari singari O‘zbekiston ham sanoat faoliyati va eskirgan pestitsidlarning to‘planishi bilan bog‘liq tarixiy atrof-muhit ifloslanishi oqibatlariga duch kelmoqda. Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar ekotizimlar, bioxilma-xillik va aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi, chunki ular atrof-muhitda uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi va tirik organizmlarda to‘planishi mumkin.
 
Loyiha doirasida milliy monitoring tizimlari va laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish, xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, ifloslangan hududlarni aniqlash va rekultivatsiya qilish, shuningdek, tegishli idoralarning texnik salohiyatini mustahkamlash va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Loyihaning bevosita benefitsiarlari 10 mingga yaqin aholi, jumladan, 5 ming nafar xotin-qizlar bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy ekologik natijalar orasida barqaror organik ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslangan 565 tonna qattiq va suyuq chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz olib tashlash va utilizatsiya qilish, shuningdek, 150 tonna eskirgan pestitsidlarni xavfsiz yo‘q qilish mavjud.
 
Loyihaning amalga oshirilishi ekologik xavflarni kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va tabiiy ekotizimlarni saqlab qolishda muhim qadam bo‘ladi. Tashabbus, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish va O‘zbekistonning yanada yashil va barqaror kelajakka o‘tishiga salmoqli hissa qo‘shadi.

22/06/2026

E'lon

Hurmatli fuqarolar!

"Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi" Davlat korxonasi 23 iyun kuni soat 16:00 da Yunusobod tumani Usta Shirin mahallasida sayyor qabul o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Qabul davomida chiqindilarni boshqarish va sanitariya xizmatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Sizning taklif va murojaatlaringiz biz uchun muhim!

19/06/2026

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni - Fransiya xavfli chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Nol chiqindi" tamoyili asosida "yashil iqtisodiyot" o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha turli uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi vakillari yirik xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlari ishtirokida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, ularda Markaziy Osiyo mamlakatlari va xorijiy davlatlarning chiqindilarni boshqarish sohasidagi qo‘shma chora-tadbirlarining ahamiyati ta’kidlandi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar yakunida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov, Saudiya Arabistonining "VISION INTERNATIONAL INVESTMENT COMPANY" kompaniyasi prezidenti Omar Almidani va Fransiyaning "SUEZ INTERNATIONAL" kompaniyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Silver Delone niyatlar to‘g‘risidagi bitimni (Head of Terms) imzoladilar.

Ushbu loyiha xavfli chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlikni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 78 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, dunyoning 100 dan ortiq davlatidan 10 mingdan ortiq delegat va ishtirokchilarni birlashtirgan forum tadbirning xalqaro nufuzi ortib borayotgani, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi mustahkamlanayotganini ko‘rsatuvchi muhim maydonga aylandi.

Faktlar va raqamlar

1 020 000
Tonna
Oylik olib chiqilgan maishiy qattiq chiqindilar
12
Tumanlar
Xizmat ko‘rsatiladigan hududlar (Toshkent shahri)
250
Dona
Zamonaviy avtoparkning ixtisoslashtirilgan texnikasi
20
Yil
Tajriba

Hamkorlarimiz

Asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari

2019 yil

1 200 000

Chiqindi tonnalari

2020 yil

75 000

Konteynerlar

2021 yil

850 000

Hududlarni tozalash

2022 yil

300

Maxsus texnika birliklari

Virtual qabulxona






    Korxona haqida

    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligon haqida
    • Texnika

    Matbuot

    • Yangiliklar
    • Фотогаларея
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar

    Loyihalar

    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari

    Полезные ссылки

    • My gov
    • LEX UX
    • Sanitation
    • President Uz

    Ochiq ma'lumotlar

    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    Aloqa
    • Диспетчер (24/7): +998 (71) 247-02-11
      Абонентский: +998 (71) 247-25-99

    • Manzil
      Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Bekobod sanoat zonasi
    • Email
      maxsustrans@inbox.ru
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    Dushanba – Juma, 09:00–18:00
    Shaxsiy kabinet
    © 2026 DUK “Maxsustrans”. Barcha huquqlar himoyalangan.
    Sayt materiallaridan foydalanilganda manbaga havola qilish majburiy.
    ГУП "МАХСУСТРАНС"
    • Xizmatlar
    • Korxona haqida
      • Biz haqimizda
      • Faoliyatning huquqiy asoslari
      • Tuzilma
      • Rahbariyat
      • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
      • Qamrab olingan mahallalar
      • Bo‘sh ish o‘rinlari
      • Qabul kunlari
      • Kasaba uyushmasi
      • Poligonlar haqida
      • Texnika
    • Matbuot
      • Yangiliklar
      • Fotogalereya
      • Videogalereya
      • Savollar va javoblar
    • Hujjatlar
      • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
      • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
      • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
      • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
      • Об утверждении нормативно-правовых актов в сфере обращения с отходами
      • О повышении эффективности работ в сфере обращения с бытовыми отходами
    • Loyihalar
      • Auditorlik hisobotlari
      • Loyiha hujjatlari
      • Loyiha xaridlari
      • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
      • АБР Loyiha
      • Doimiy hisobotlar
      • Tender savdolari
    • Ochiq ma'lumotlar
      • Ish rejasi
      • Shartnoma
      • Xizmat avtomobillari
      • Tender komissiyasi tarkibi
      • Xizmat safarlari ro‘yxati
      • Murojaatlar tahlili
      • Sayyor qabullar
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
    • Aloqa
    Instagram Telegram Youtube Facebook
    Ko‘zi ojizlar uchun versiya
    Tarif QQS bilan 8,400 so'm