Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to'sqinlik qiladigan, adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan salbiy illatdir. Uni bartaraf etish faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning ham muhim vazifasidir.
Har bir xodim o'z faoliyatida halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat'iy amal qilishi lozim. Xizmat vazifasini bajarish jarayonida har qanday noqonuniy manfaat, pora olish yoki berish, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yish qonunchilikka zid hisoblanadi.
Korrupsiyaga duch keldingizmi? Beparvo bo'lmang!
Korrupsiya holatlari haqida xabar berish orqali halol va shaffof tizimni shakllantirishga o'z hissangizni qo'shing. Korrupsiyaga oid murojaat va xabarlar uchun rasmda ko'rsatilgan ishonch telefonlari orqali bog'lanishingiz yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'ul xodim Baxtiyor Fayziyevga murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, QR-kodlarni skanerlab, korxonamizning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarini kuzatib boring.
Sizning murojaatingiz muhim. Halollik va shaffoflik yo'lida birgalikda harakat qilaylik!



