06.01.2026
“Yashil” iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangi choralar qabul qilindi
2025-12-12
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bugun, 11-dekabr holatida respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan 204 895 ta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgani ma’lum qiladi.
Bungacha respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 (besh) kun muddat berildi va ushbu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi. Ayni paytda chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud.
Eslatib o‘tamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
Maʼlumot o‘rnida: 07.03.2025 yildagi 1044-sonli Qonun bilan chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari boʻyicha toʻlov intizomi tartibga solingan. Unga koʻra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, chiqindilarni olib ketganlik xizmatlari uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishingizni so'raymiz.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

